"YASIN HONGBANG" KORXONASI
Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati O’zbekistondagi eng katta qurilish mollari ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan “FARG’ONA YASIN QURILISH MOLLARI” MCHJ qoshida 2023-yilda tashkil etilgan “Suyuq bo’yoq va quruq qorishmalar” ishlab chiqaruvchi kompaniyadir.
Kompaniyaning ishlab chiqarish korxonalari Farg’ona viloyatining Beshariq tumani, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani, Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumanida joylashgan bo’lib, maydoni 10 000 kvadratmetrni tashkil etadi.
Korxona binolarni pardozlash-bo’yash mahsulotlari, arxitektura talabidagi bo’yoq qoplamalari, maxsus quruq qorishmalar, kley qorishmalari va boshqalarni ishlab chiqarish, hamda sotish, sohaga yangiliklar olib kirish va rivojlantirishga ixtisoslashgan.
Korxona “YASIN CEMENT” ning turli menejment tizimlariga qat’iy asoslangan holda, Xitoyning eng oldi ishlab chiqarish texnologiyalari va sifat nazorati standartlarini o’zlashtirib, butun O’zbekiston bo’ylab ishonchli sifat va xilma-hillikdagi mahsulotlarni yetkazib beradi.
Asosiy mahsulotlar: ichki va tashqi devor bo’yoqlari, astar bo’yoqlar, suvdan himoyalaydigan bo’yoqlar, bitumli suvga chidamli bo’yoqlar, JS qorishmali gidroizolyatsiya, suyuq haqiqiqiy kamen bo’yoqlari, metal yuzalar uchun rangli bo’yoqlar, tekstura, tosh ko’rinishini beruvchi bo’yoqlar, gruntlovchi suyuqliklar, keramik plitkalar uchun kontakt kley, lok-bo’yoqlar, suv asosli industrial bo’yoqlar, yuqori markali maxsus beton qorishmalar, issiqlikni saqlovchi termoplitkalar uchun qorishmali kley, keramik plitkalar uchun kley qorishmasi, oyna kleylari, germetiklar, tayyor qumsuvoq qorishmasi, qruq gips qorishmali suvoq, shpaklyovkalar va boshqalardir.
"YASIN HONGBANG" o’z sotuv bo’limlarini Toshkent shahri, Jizzax viloyati, Buxoro viloyati va Farg’ona viloyatida shakllantirgan.
"YASIN HONGBANG" bo’yoqlar bilan birga maxsus bo’yoq purkagich uskunulari va boshqa pardozlash uskunalarini ham yetkazib beradi va ushbu “one-stop” xizmatini taklif etish orqali yuzlab kompaniya va minglab mijozlarni o’z sohasida birlashtiradi.
"YASIN HONGBANG" insonlarning go’zal va xavfsiz hayotiga ko’mak berish, innovatsiyani qo’llagan holda yuqori sifatli mahsulotlar yaratib O’zbek Qurilish mahsulotlari bozorini rivojlanishida munosib o’rin tutish va aholi talablarini qondirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Biz O’zbekiston qurilish mahsulotlari bozorining va istemolchilarning talablaridan kelib chiqqan holda texnologik izlanishlarimizni davom ettirib, foydalanish uchun qulay, hamyonbop va ekologik bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqaradi va bu istemolchilar uchun yangi afzalliklar berib, mamlakatda shaharsozlik va sanoat rivojlanishiga munosib hissa qo’shadi. Korxona hozirda ekologik, qulay va hamyonbop mahsulotlar ishlab chiqarishni davom ettirmoqda.